avatar
Bankers.uz - Банк тизими янгиликлари
Переслано от канала
07.02.2026 10:41
🔒OneID sozlamalarini tekshiring — bank operatsiyalari oson va xotirjam bajarilishi uchun

OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarga kirish ruxsatlarini boshqarish imkoniyati mavjud. Agar Ipoteka bank OTP Group uchun ruxsat o‘chirilgan bo‘lsa — ayrim xizmatlar ko‘proq vaqt talab qilishi yoki vaqtincha mavjud bo‘lmasligi mumkin

Bu quyidagi xizmatlarga ta’sir qilishi mumkin:
• kredit rasmiylashtirish
• karta ochish
• hisob raqam ochish
• omonat ochish
• valyuta ayirboshlash
• shaxsni tasdiqlash talab etiladigan boshqa xizmatlar

Sozlamalarni oldindan tekshirib qo‘yishni tavsiya etamiz — bu atigi bir necha daqiqa vaqt oladi 👇

1️⃣ id.egov.uz saytiga kiring
2️⃣ ERI (elektron raqamli imzo) yoki Mobile-ID orqali tizimga kiring
3️⃣ “Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limini oching
4️⃣ Tashkilotlar ro‘yxatidan bankni toping
5️⃣ Ruxsatni yoqing — qulf belgisini oching


📱 QR-kod orqali tezkor usul:
OneID ilovasini o‘rnating → tizimga kiring → kompyuter ekranidagi QR-kodni skaner qiling — kerakli bo‘lim avtomatik ochiladi

🛡 Ushbu funksiya kiberxavfsizlikni kuchaytirish maqsadida joriy etilgan.
Ruxsat yoqilgan bo‘lishi — xizmatlarning to‘g‘ri ishlashi va qulay foydalanishni ta’minlaydi

Ma’lumotlaringizni asrang — biz sizning qulayligingiz haqida qayg‘uramiz 💚
👍 5
👎 2
👏 2
🔥 1
🤔 1
35 5.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Bankers.uz - Банк тизими янгиликлари

17.1K
Bankers.uz интернет-нашрининг расмий Телеграм саҳифаси.

Таҳририятга мурожаат: info@bankers.uz

Реклама ва ҳамкорлик: @pulzormedia
Открыть в Telegram