Bugun Central Asian University qoshidagi Ayol loyihasining navbatdagi guruh ishtirokchilari o‘quv jarayonlarini yakunlab, yakuniy imtihonda ishtirok etdilar.
Dastur davomida ishtirokchilar tadbirkorlik, biznes yuritish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Yakuniy imtihon esa ushbu bilim va ko‘nikmalarni baholashning muhim bosqichi bo‘ldi.
Yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish uchun 35 million so‘mgacha moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Barcha ishtirokchilarimizga muvaffaqiyat tilaymiz va ularning kelgusi faoliyatida ulkan natijalar tilab qolamiz ✨
Обсуждение 20
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram