N
Namangan shahar hokimligi | Rasmiy telegram kanali
Переслано от канала
03.05.2026 21:32
#Zakovat
 
✅Bugun Toshkent shahridagi “Zakovat arena” binosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil beshinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada yurtimiz bo‘ylab 57 ming nafardan ortiq o‘quvchilar qatnashdi.

📊 Finalda hududiy bosqichlarda g’olib bo‘lgan 42 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin: Ishtixon tumanidagi 48-sonli maktab jamoasi;
2-o‘rin: Namangan shahridagi 1-sonli AFCHO‘IMI jamoasi;
3-o‘rin: Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-sonli AFCHO‘IMI jamoasi.


🔰 Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga hamda murabbiyiga qimmatbaho noutbuklar sovg‘a qilindi.

🌐 Bundan tashqari, endilikda ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.



Bizni kuzating

Telegram Facebook*
Youtube Instagram*
Veb-sayt Linkedin
👍 3
2 538
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
N
Namangan shahar hokimligi | Rasmiy telegram kanali
Переслано от Shavkat Mirziyoyev_press-service
03.05.2026 18:05
Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Ezgu an’anaga muvofiq, tashrif Imom Buxoriy maqbarasining ziyoratidan boshlandi.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Самарканд для участия в мероприятиях 59-го заседания Совета управляющих Азиатского банка развития. По доброй традиции, поездка началась с посещения мавзолея Имама Бухари.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #ziyorat

Prezident.uz|Facebook*|Instagram*|YouTube|X
497
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
N
Namangan shahar hokimligi | Rasmiy telegram kanali
@axborotxizmati
03.05.2026 16:36
Гуллар фестивали сари қизғин тайёргарлик: Наманганда рекорд натижа кўзланмоқда.

Наманганда анъанавий гўзаллик ва нафосат байрами — 65-халқаро "Гуллар фестивали"га тайёргарлик ишлари жадал суръатларда давом этмоқда. Айни пайтда вилоятнинг турли ҳудудларида ободонлаштириш, гул экиш ва дизайн ишлари кенг кўламда амалга оширилиб, шаҳарга янги қиёфа бағишлашга алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов “Тинчлик” хиёбони ҳамда Заҳириддин Муҳаммад Бобур номидаги маданият ва истироҳат боғи ҳудудида олиб борилаётган гул экиш жараёнларини кўздан кечирди.

Таъкидлаш жоиз, шу кунларда ушбу ҳудудларда 65-халқаро "Гуллар фестивали"га тайёргарлик қизғин кетмоқда. Бу йил нафақат анъанавий гул безаклари, балки инновацион ландшафт дизайн элементларига ҳам кенг эътибор қаратилмоқда.

Эътиборлиси, фестивал довруғини эшитиб, ҳозирданоқ узоқ-яқиндан келаётган сайёҳларни учратиш мумкин. Ҳатто, қўшни Қирғиз Республикасидан меҳмонлар ташриф буюриб, жараённи кузатмоқдалар.

Ўрганиш якунида мутасаддиларга фестивал лойиҳаларини янада такомиллаштириш, гул композицияларининг дизайн ва безак жиҳатларини бойитиш, шунингдек, барча ишлар сифатли ва белгиланган муддатларда якунланишини таъминлаш бўйича аниқ топшириқлар берилди.

Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.
_________

Gullar festivali sari qizg‘in tayyorgarlik: Namanganda rekord natija ko‘zlanmoqda.

Namanganda anʼanaviy go‘zallik va nafosat bayrami — 65-xalqaro "Gullar festivali"ga tayyorgarlik ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda. Ayni paytda viloyatning turli hududlarida obodonlashtirish, gul ekish va dizayn ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilib, shaharga yangi qiyofa bag‘ishlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov “Tinchlik” xiyoboni hamda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida olib borilayotgan gul ekish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Taʼkidlash joiz, shu kunlarda ushbu hududlarda 65-xalqaro "Gullar festivali"ga tayyorgarlik qizg‘in ketmoqda. Bu yil nafaqat anʼanaviy gul bezaklari, balki innovatsion landshaft dizayn elementlariga ham keng eʼtibor qaratilmoqda.

Eʼtiborlisi, festival dovrug‘ini eshitib, hozirdanoq uzoq-yaqindan kelayotgan sayyohlarni uchratish mumkin. Hatto, qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan mehmonlar tashrif buyurib, jarayonni kuzatmoqdalar.

O‘rganish yakunida mutasaddilarga festival loyihalarini yanada takomillashtirish, gul kompozitsiyalarining dizayn va bezak jihatlarini boyitish, shuningdek, barcha ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishini taʼminlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Sayt | Telegram | Instagram* | Facebook* |Twitter | YouTube
2 738
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
N

Namangan shahar hokimligi | Rasmiy telegram kanali

5.8K
Наманган шаҳар ҳокимлигининг
Расмий телеграм канали:
Мурожаатлар учун:

Web-sayt: https://gov.uz/oz/namangancity
Открыть в Telegram