ANORBANK Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes hamda ayol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Global Gender-Smart Fund (GGSF) bilan 10 million AQSh dollari miqdorida kredit shartnomasini imzoladi
Toshkent, Oʻzbekiston — ANORBANK Niderlandiyada joylashgan yetakchi xalqaro investitsiya boshqaruv kompaniyasi Triple Jumpning koʻmagida Global Gender-Smart Fund (GGSF) bilan 10 million AQSh dollari miqdorida kredit shartnomasini tuzdi. Ushbu tashabbus Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes (KOB)ni rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash uchun Triple Jump investitsiya tajribasidan foydalanishni nazarda tutadi.
Dastur doirasida asosiy eʼtibor ayol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga, shuningdek, ekologik barqarorlikni taʼminlash va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy oʻsishga xizmat qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan. Ushbu dastur orqali ANORBANK mamlakatning barcha hududlarida tadbirkorlik faolligini ragʻbatlantirish, qoʻshimcha ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda biznes samaradorligi va raqobatbardoshligini oshiruvchi zamonaviy bozor amaliyotlarini joriy etishni maqsad qilgan.
Resurslarni istiqbolli sohalar va ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarga yoʻnaltirish orqali bank mahalliy darajada yanada inklyuziv, innovatsion va barqaror iqtisodiyotni shakllantirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda.
Global Gender-Smart Fund (GGSF) haqida
Global Gender-Smart Fund (GGSF) gender masalalariga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik investitsiya fondlaridan biri hisoblanadi. Uning maqsadi rivojlanayotgan bozorlarda yetarlicha qamrab olinmagan ayollar hamda ayollar egalik qilayotgan yoki boshqarayotgan bizneslarga masʼuliyatli moliyaviy xizmatlar koʻrsatish orqali 1,7 trillion AQSh dollariga teng gender boʻshligʻini qisqartirishdan iborat. Fond aholi farovonligini oshirish, ayollar yetakchiligini rivojlantirish va moliyaviy institutlarda gender muvozanatini yaxshilashga xizmat qiladi
Triple Jump haqida
2006 yilda tashkil etilgan Triple Jump — rivojlanayotgan bozorlarda mikro, kichik va oʻrta biznes (MKOB) uchun moliyaviy boʻshliqlarni bartaraf etish va moslashuvchan moliyalashtirish yechimlarini taqdim etishga ixtisoslashgan yetakchi xalqaro investitsiya boshqaruv kompaniyasidir. Kompaniya moliyaviy institutlar va bizneslarga kapital yoʻnaltirish orqali jamiyatlar rivojiga hissa qoʻshadi hamda ayniqsa ayol tadbirkorlar va kichik biznes egalariga qaratilgan qoʻllab-quvvatlash orqali ularning turmush darajasi va iqtisodiy barqarorligini oshirishni maqsad qiladi.
ANORBANK haqida
Oʻzbekistondagi birinchi milliy raqamli bank sifatida ANORBANK innovatsion, ishonchli va mijozga yoʻnaltirilgan moliyaviy xizmatlarni taqdim etishga ixtisoslashgan. Ushbu kredit dasturining amalga oshirilishi bankka mamlakat tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekiston iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda muhim oʻrin egallash imkonini beradi.
❤4
😁1
6 7.9K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram