avatar
FC ANDIJON
@andijonpfc
13.04.2026 17:03
Samvel Babayan o'z xohishi bilan lavozimidan ozod etildi

Maʼlumki, Samvel Babayan bilan klub o'rtasidagi shartnoma ikki yilga mo'ljallangandi. Biroq ikki tomonning o'zaro kelishuviga binoan amaldagi mehnat shartnomasi muddatidan avval bekor qilindi. Murabbiy esa shartnoma belgilangan muddatidan oldin bekor qilinganligi sababli unga to'lanishi kerak bo'lgan kompensasiya mablag'laridan voz kechganligini ma'lum qildi va klubni moliyaviy tomondan qiyin ahvolga solib qo'ymasdan qo'llab-quvvatlashini ham ta'kidlab o'tdi.

O'z navbatida “Andijon” klubi Samvel Vyacheslavovichga jamoada olib borgan faoliyati uchun samimiy minnatdorchiligini bildiradi. U klubni qiyin ahvolda qabul qildi va ligada to'g'ridan-to'g'ri saqlab qolishga turtki bo'ldi.

Shuni ham alohida aytish kerakki, har ikki tomon o'zaro hurmat va ishga bo'lgan yuqori professionallik yondashuvi asosida xayrlashishdi.

Samvel Babayan “Andijon”ning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi va rahbariyat bilan do'stona munosabatni saqlab qolishini aytdi.

O'z o'rnida “Andijon” klubi ham Babayanning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qoladi.

@andijonpfc

👍 211
😁 52
41
🔥 12
👏 11
6
🎉 6
👌 4
💯 3
69 14.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram