Tug’ilganimda dadam 32 yoshda ekanlar. Oradan 32 yil o’tibdi.
Bugun men ham 32 yoshga to’ldim, dadam esa 64 yoshdalar. Hayotning ana shunday go’zal tilsimlari bor ekan. “Ot o’rnini toy bosar”, deganlaridek, o’g’lim MuhammadAli ham yaqinda bir yoshga to’ldi.
Ortga nazar tashlasam, ota-onam, opalarim, yaqinlarim va oilam bilan hayotning past-u baland sinovlarini bosib o’tibmiz. Har bir qadam, har bir sinov bugungi kunimiz uchun muhim saboq bo’lganini yanada chuqurroq his qilaman.
Taqdir taqozosi bilan bugun Prezidentimiz jamoasida yoshlar uchun mas’ul vazifada xizmat qilyapman. O’ylab qarasam, o’tgan bir yilning qariyb 200 kunini hududlarda xizmat safarlarida o’tkazibman. Yoshlar bilan uchrashib, ularning fikr va tashabbuslarini tinglayapmiz, yangi g’oya va loyihalar ustida ishlayapmiz. Oldimizda hali amalga oshiradigan ishlarimiz juda ko’p.
Intizom, qat’iyat, kreativlik, ochiqlik va Prezidentimizning doimiy qo’llab-quvvatlashi bilan O’zbekiston yoshlari manfaatlari yo’lida yanada katta marralarni ko’zlayapmiz. Bu mas’uliyatli yo’lda oilam, turmush o’rtog’im, farzandlarim, ota-onam, jamoamiz, aziz yoshlarimiz va sizlarning ishonchingiz hamda yordamingiz menga kuch bag’ishlaydi.
Bugungi tug’ilgan kunim munosabati bilan yo’llagan samimiy tabriklaringiz, ezgu tilaklaringiz va iliq so’zlaringiz uchun barchangizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Rahmat sizlarga, azizlar!
Обсуждение 159
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram