Dreyk yangi albomi premyerasi sanasini e'lon qilish uchun Torontoda muzli konstruksiya oʻrnatdi.
Kanadalik reper Dreyk oʻzining yangi albomi relizi sanasini noodatiy tarzda e’lon qildi — u Torontodagi mashina toʻxtab turish joyiga katta muzli konstruksiya oʻrnatib, sanani uning ichida qoldirdi.
Gʻoya boʻyicha, “Iceman” albomi reliz sanasi muz erib bitganidan keyin ma’lum boʻlishi kerak edi, ammo Dreykning muxlislari buni kutib oʻtirmadi va oʻzlari bu ishga kirishdi. Odamlar muz ustiga chiqib, uni buzishni, turli yoʻllar bilan eritishga harakat qilishni boshladi. Odamlar muz ustida olov yoqdi, oʻtkir tigʻli anjomlar bilan yorishga harakat qildi.
Sana yashirilgan jildni mashhur strimer topdi va bu jarayonni onlayn translyatsiya qildi. Unda plastinkaning premyera sanasi va “̶2̶0̶2̶4̶ 2026-yil mening yilim bo‘ladi” degan yozuv bor edi.
20-aprel kuni oʻrnatilgan konstruksiya kecha, 22-aprel kuni eritib yuborildi.
Video:
https://www.afisha.uz/uz/celebrities/2026/04/23/dreyk
Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram