"Sen bilan faxrlanaman": Jastin Timberleyk qoʻshigʻini Jastin Biber kaver qilib kuylagani haqida gapirdi
Jastin Timberleyk oʻzining “Cry Me a River” qo‘shig‘ini Jastin Biber Coachella festivalida kaver qilib kuylagani haqida fikr bildirdi. Instagram*’da Timberleyk yosh Biber bilan tanishayotgan vaqtdagi eski videoni ulashdi.
“Bilaman, bu uzoq yo‘l edi. Va bilaman, bu har doim ham silliq o‘tmaydi. Men sen bilan faxrlanaman, sen ham o‘zing bilan faxrlanishing kerak. Seni yaxshi koʻraman”, — deb yozdi qoʻshiqchi oʻz hamkasbiga qarata.
Timberleyk, shuningdek, Biberning Coachella’dagi chiqishidan parchani ham ulashdi. Unda qoʻshiqchi tomoshabinlarga o‘zi kuylamoqchi bo‘lgan qo‘shiq haqida so‘zlab beradi va shunday deydi: “Bilasizmi, men Jastin Timberleyk va boshqa ko‘plab ajoyib iste’dodlarni tinglab o‘sganman. Buni xuddi kechagidek eslayman”.
Video:
https://www.afisha.uz/uz/celebrities/2026/04/22/jastin-and-jastin
Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram