Toshkentda 4 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgartiriladi.
25-aprel kunidan boshlab bir qator avtobuslar yoʻnalishi
qisqartiriladi.
Xususan, 106-sonli avtobus yoʻnalishining harakati Saodat savdo markazidan Xalqaro aeroport bekatigacha qisqartiriladi. Yoʻnalish endilikda “Uchxoz mahallasi — Xalqaro aeroport” oraligʻida harakatlanadi.
7-sonli avtobus yoʻnalishining Yunusobod 19-dahasidan Yunusobod 9-dahasiga harakatlanishdagi bir tomonlama harakati Yangi shahar va Rixsiliy koʻchalari orqali Amir Temur koʻchasiga harakatlanmagan holda oʻzgartiriladi.
141-sonli “Karvon bozori — Paxtakor metrosi” avtobus yoʻnalishining Paxtakor metosi ASHBdan A.Navoiy, B.Zokirov koʻchalari orqali oʻzgartiriladi.
Bundan tashqari, 103-sonli “Chilonzor buyum bozori — Chorsu savdo markazi” avtobus yoʻnalishining harakati Furqat koʻchasidan A.Navoiy koʻchasi orqali Milliy drama teatri bekatiga harakatlanmagan holda oʻzgartiriladi.
Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram