Apple bosh direktori Tim Kuk lavozimini topshirganligini e'lon qildi.
Apple kompaniyasi 2026-yil 1-sentabrdan boshlab yangi bosh direktor tayinlanishini
e’lon qildi. Ushbu lavozimni kompaniyaning katta vitse-prezidenti Jon Ternus egallaydi. Amaldagi rahbar Tim Kuk esa ijrochi rais sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Tim Kuk 15 yil davomida Apple’ni boshqarib, uni zamonaviy texnologiya sanoatidagi muvaffaqiyatli kompaniyalardan biriga aylantirdi. U o‘z bayonotida bu davrni hayotidagi eng katta sharaf deb atab, jamoaga minnatdorchilik bildirdi.
Yangi CEO Jon Ternus esa Apple’da 2001-yildan buyon ishlaydi. U kompaniyaning asosiy mahsulotlari, jumladan iPhone va AirPods qurilmalarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, Tim Kuk Apple rahbariyatiga 2011-yilda, kompaniya asoschilaridan biri Stiv Jobs vafotidan so‘ng kelgan edi.
Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram