avatar
Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari
@afishauzb
20.04.2026 14:00
Qoraqalpogʻistonda "Orol baligʻidan 99 ta taom" festivali boʻlib oʻtadi.

23−24-aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtako‘pir tumanida joylashgan “Karateren” etno-turistik majmuasida “Orol balig‘idan 99 ta taom” xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tadi.

Ushbu festival 2017-yildan buyon muntazam tashkil etib kelinmoqda. Bu yilgi festival doirasida 50 ga yaqin malakali oshpazlar ishtirok etib, Orol hududiga xos bo‘lgan baliq mahsulotlaridan tayyorlangan eng sara va noyob taomlarni taqdim etadi.

Tashrif buyuruvchilar 99 turdagi xilma-xil baliq taomlarini — qovurilgan va dimlangan baliqlar, mashhur baliq sho‘rvalari va boshqa milliy taomlarni nafaqat tayyorlanishini tomosha qilish, balki tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Festival yakunida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Telegram | Instagram* | YouTube
🔥 3
2
👏 1
10 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari

9.4K
Premyeralar, konsertlar, tadbir e’lonlari, yangilik va boshqa ko'pgina qiziqarli ma’lumotlar.

Tahririyat:
@AfishauzFeedbackBot
+998 78-555-80-90
info@afisha.uz

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99-444-35-39
Открыть в Telegram