Otabek Madrahimov dekabrda yubiley konsertini beradi.
Yaqinda boʻlib oʻtgan “Million” jamoasi
konsert dasturi doirasida aktyor va xonanda Otabek Madrahimov
Afisha.uz muxbiriga bergan intervyusida ijodiy rejalariga to‘xtaldi.
Ijodkorning ma’lum qilishicha, u 2026-yilning dekabr oyida yubiley konsert dasturini o‘tkazishni rejalashtirmoqda va yana sahnaga qaytishi mumkin. Uzoq tanaffus sababi sifatida esa farzandlarining AQSh universitetlariga o‘qishga kirgani hamda otalik mas’uliyatlari tufayli vaqtincha ijoddan chekinishga majbur bo‘lganini aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Otabek Madrahimov 90-yillarda tanilib, uning “Lola”, “Malika budur”, “Labingdan o‘pay” kabi qo‘shiqlari keng ommalashgan. Ijodini baraban chalishdan boshlagan san’atkor keyinchalik aktyorlik yo‘nalishida ham o‘zini sinab ko‘rgan. U ilk bor “Chapani oshiq” filmida debyut rolini ijro etgan.
Video:
https://www.afisha.uz/uz/celebrities/2026/04/20/otabek-madrahimov
Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram