Robert De Niro ishtirokidagi "Ota-onalar bilan tanishish 4" filmining birinchi treyleri chiqarildi.
Universal Pictures “Folker-in-Law” filmining rasmiy treylerini taqdim etdi. Bu kartina Greg Foker va Bernslar oilasi haqidagi mashhur komedik franshizaning davomidir.
Yangi qism voqealari Fokerlar oilasining keyingi avlodiga qaratiladi: Greg va Pemning o‘g‘li unashtiriladi, biroq uning tanlovi Gregda jiddiy shubhalar uyg‘otadi — u qizning ularning oilasiga mos kelishiga ishonmaydi.
Filmda o‘z rollariga Ben Stiller, Robert De Niro, Ouven Uilson, Teri Polo va Blayt Danner qaytadi. Shuningdek, aktyorlar tarkibiga Ariana Grande ham qo‘shilgan.
Loyihaga avvalgi qismlar ustida ishlagan Jon Hamburg rejissyor va ssenariy muallifi sifatida boshchilik qilmoqda.
Treyler:
https://www.afisha.uz/uz/cinema/2026/04/17/focker-in-law-official-trailer
Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram