avatar
Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari
@afishauzb
16.04.2026 17:00
Bloger Bobur Mansurov “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bloger va aktyor Bobur Mansurov 15-aprel — “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Instagram*’da blog yuritib, turli vaynlar suratga olish bilan tanilgan Bobur Mansurov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining aktyorlik san’ati yo‘nalishini tamomlagan. Mukofotni qabul qilgach, u minnatdorchilik bildirib, kelgusida aktyorlik sohasida, kino va teatr yo‘nalishlarida yana ko‘plab loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, ushbu mukofot yana 50 nafar madaniyat sohasi vakillariga ham topshirildi. Ular orasida G‘aybulla Tursunov, Jasmin, Ulug‘bek Qodirov, Dilshodbek Kattabekov, Ravshan Komilov, Ra’no Yarasheva va Farhod Abdullayev va yana boshqa koʻplab san’atkorlar bor.

Telegram | Instagram* | YouTube
😢 33
😁 21
😱 10
🔥 4
1
👍 1
18 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari

9.4K
Premyeralar, konsertlar, tadbir e’lonlari, yangilik va boshqa ko'pgina qiziqarli ma’lumotlar.

Tahririyat:
@AfishauzFeedbackBot
+998 78-555-80-90
info@afisha.uz

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99-444-35-39
Открыть в Telegram