avatar
Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari
@afishauzb
16.04.2026 14:50
Youtube'da Shorts videolarni butunlay cheklab qoʻyish imkoniyati paydo boʻldi.

YouTube ilovasida endi foydalanuvchilar Shorts videolari uchun 0 daqiqalik limit o‘rnatishlari mumkin. Bu esa amalda qisqa videolarni ilovadan butunlay yashirish imkonini beradi.

Mazkur yangilanish Shorts uchun vaqt cheklovi funksiyasining davomi hisoblanadi. Ushbu imkoniyat dastlab oktyabr oyida joriy etilgan bo‘lib, avval minimal vaqt 15 daqiqa edi. Yanvar oyida esa funksiya kengaytirilib, ota-onalarga farzandlarining Shorts tomosha qilish vaqtini nazorat qilish imkoniyati berilgan.

Ma’lum qilishicha, 0 daqiqalik limit hozirda barcha ota-onalar uchun mavjud bo‘lib, bosqichma-bosqich barcha foydalanuvchilarga, jumladan oddiy akkaunt egalari uchun ham taqdim etilmoqda.

Telegram | Instagram* | YouTube
4
👍 4
🔥 2
👏 1
😱 1
19 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari

9.4K
Premyeralar, konsertlar, tadbir e’lonlari, yangilik va boshqa ko'pgina qiziqarli ma’lumotlar.

Tahririyat:
@AfishauzFeedbackBot
+998 78-555-80-90
info@afisha.uz

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99-444-35-39
Открыть в Telegram