avatar
Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari
@afishauzb
16.04.2026 12:20
O‘zbekistonda xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tadi.

20−24-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali tashkil etiladi. Festival doirasida mahalliy va xorijiy ijodkorlar ishtirokida ko‘rgazmalar, moda namoyishlari, mahorat darslari hamda ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Fransiya va boshqa davlatlardan kelgan vakillar qatnashadi. Jumladan, Janubiy Koreyaning Keimyung universiteti talabalari, Xitoyning tasviriy san’at institutlari hamda Lanchjou universiteti o‘z asarlarini taqdim etadi.

Tadbirlar Toshkent shahridagi sakkizta maydonda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘lib o‘tadi. Festival O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Festival dasturi: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/04/16/tasviriy-sanat-festivali

Telegram | Instagram* | YouTube
🔥 3
👍 1
11 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari

9.4K
Premyeralar, konsertlar, tadbir e’lonlari, yangilik va boshqa ko'pgina qiziqarli ma’lumotlar.

Tahririyat:
@AfishauzFeedbackBot
+998 78-555-80-90
info@afisha.uz

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99-444-35-39
Открыть в Telegram