Farrux Zokirov 80 yoshda: Ko‘ksaroyda tantanali yubiley boʻlib oʻtdi.
Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning 80 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Marosimda davlat va jamoat arboblari, madaniyat va san’at vakillari, ijodkor ziyolilar hamda Yalla ansambli a’zolari qatnashdi. Shavkat Mirziyoyev tomonidan Farrux Zokirovga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.
Shuningdek, Prezident tomonidan Farrux Zokirov faoliyatini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan farmon va qarorlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga san’atkor nomi beriladi.
Batafsil:
https://www.afisha.uz/uz/celebrities/2026/04/16/farrux-zokirov
Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram