“Xalqlar do‘stligi" saroyi hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi.
2026-yil 14-aprel kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “Xalqlar do‘stligi” saroyi hududida Madaniy meros agentligi hamda uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan davlat nazorati
ishlari olib borildi.
Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan bino oldida reklama bannerlari hech qanday ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgani aniqlangan. Bannerlarning asosiy qismi turli konsert tadbirlarini reklama qilishga qaratilgani qayd etildi.
Natijada noqonuniy bannerlar zudlik bilan demontaj qilingan. Holat yuzasidan mas’ul shaxslarga ogohlantirish berilib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Telegram |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram