avatar
Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari
@afishauzb
14.04.2026 17:06
Drama janridagi “Paxta” badiiy filmi premyera qilinadi.

Milliy kino san’ati saroyida 17-aprel kuni Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida yaratilgan “Paxta” badiiy filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi. 

Qayd etilishicha, kinokartina rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan. Unda bosh rolni Xurshida Arabshoyeva ijro etgan. Drama janridagi kartina hayot sinovlari va murakkab taqdirni boshdan kechirgan ayol hikoyasini oʻzida aks ettiradi.

Ma’lumot uchun, “Paxta” filmi 2025-yilda Misr poytaxti Qohira shahridagi xalqaro kinofestivalda ishtirok etgandi. Shuningdek, filmda ishlagan Bektosh Rajabov “Eng yaxshi rassom ishi” nominatsiyasida, Boris Litovchenko esa “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida “Oltin Humo” mukofotini qoʻlga kiritgan.

Telegram  | Instagram* | YouTube
1
🔥 1
😁 1
6 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari

9.4K
Premyeralar, konsertlar, tadbir e’lonlari, yangilik va boshqa ko'pgina qiziqarli ma’lumotlar.

Tahririyat:
@AfishauzFeedbackBot
+998 78-555-80-90
info@afisha.uz

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99-444-35-39
Открыть в Telegram