avatar
Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari
@afishauzb
13.04.2026 17:30
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi rasman dunyodagi eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi sifatida tan olindi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Bu rekord binoning hayratlanarli me’moriy ko‘rsatkichlari sabab qayd etilgan: majmuaning maydoni 10 gektar, koʻrgazma zallarining umumiy maydoni esa 50 ming kvadrat metrga yetadi. Binoning uzunligi 161 metr, eni 118 metr, gumbazining balandligi esa 65 metrni tashkil qiladi.

Rekordlar kitobiga kiritilganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni Ginnes vakili Shayda Subashi tantanali ravishda topshirdi. Bundan tashqari, markaz muzeyi turkiy dunyoning eng yaxshi muzeyi deb ham topildi, bu uning xalqaro miqyosda tan olinganining yana bir tasdigʻi hisoblanadi.

Avvalroq, Versal mukofoti Islom sivilizatsiyasi markazini 2026-yilda dunyodagi eng chiroyli muzeylar roʻyxatiga kiritgan edi.

Shuningdek, Afisha.uz'da Markaz haqida katta sharh e’lon qilingandi.

Telegram | Instagram* | YouTube
22
🔥 3
👏 2
👍 1
63 2.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari

9.4K
Premyeralar, konsertlar, tadbir e’lonlari, yangilik va boshqa ko'pgina qiziqarli ma’lumotlar.

Tahririyat:
@AfishauzFeedbackBot
+998 78-555-80-90
info@afisha.uz

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99-444-35-39
Открыть в Telegram