avatar
Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari
@afishauzb
13.04.2026 16:20
Umumta'lim maktablari uchun qabul sanasi e'lon qilindi.

O‘zbekistonda 20-iyundan boshlab umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayoni boshlanadi.

Bu yil qabul tizimi yanada kengaytirildi: davlat xizmatlari orqali ariza topshirish yo‘lga qo‘yilgan hududlar soni 64 tadan 135 taga yetdi, umumta’lim maktablari soni esa 1 956 tadan 5 689 taga oshirildi.

Qabul jarayoni 20-iyundan 31-iyulgacha belgilangan mikrohudud doirasida, 1-avgustdan 31-avgustgacha esa mikrohududdan tashqarida amalga oshiriladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Davlat xizmatlari joriy etilmagan hududlarda esa 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlikning elektron tizimi adm.maktab.uz bazasiga kiritiladi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 1-sinfga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Shunga muvofiq, 2026−2027 o‘quv yili uchun 2019-yil 31-dekabrgacha tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.

Telegram | Instagram* | YouTube
👍 4
19 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari

9.4K
Premyeralar, konsertlar, tadbir e’lonlari, yangilik va boshqa ko'pgina qiziqarli ma’lumotlar.

Tahririyat:
@AfishauzFeedbackBot
+998 78-555-80-90
info@afisha.uz

Reklama:
@Afisha_Media_Regina
+998 99-444-35-39
Открыть в Telegram