AKADEMIK MOBILLIK DASTURI: ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH IMKONIYATI YARATILDI!
Andijon davlat tibbiyot institutining xorijiy va hamkor oliy ta’lim muassasalarida
Akademik mobillik dasturi asosida tahsil olish istagida bo‘lgan talabalar uchun onlayn ariza topshirish imkoniyati yaratildi.
Akademik mobillik dasturi — bu talabalar uchun boshqa oliy ta’lim muassasasida ma’lum muddat davomida tahsil olish, yangi bilim va tajribalarni egallash, xorijiy tillardagi ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro akademik muhitda o‘z salohiyatini sinab ko‘rish uchun muhim imkoniyatdir.
Ariza topshirish va batafsil ma’lumot olish uchun: academic.adti.uz platformasidan foydalanishingiz mumkin.
Sayt orqali dastur shartlari bilan tanishishingiz, kerakli ma’lumotlarni olishingiz hamda
onlayn ariza topshirishingiz mumkin.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
🌎
sayt |
Telegram |
Instagram* |
Facebook* |
You Tube |
Twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram