avatar
🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali
@adtiuz_rasmiy
вчера, 04:32
Andijon davlat tibbiyot institutida abituriyentlar uchun suhbat jarayonlari boshlandi

Bugun, 11-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirish istagidagi tibbiyot texnikumlari bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari boshlandi.

Mazkur jarayonlarni yuqori saviyada, tartibli, xolis va shaffof tashkil etish maqsadida institut rektori M.Madazimov imtihon jarayonlariga mas’ul xodimlar, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashib, suhbat jarayonlarini belgilangan tartib va mezonlar asosida o‘tkazish, bunda adolat va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Suhbat jarayonlari boshlandi. Unda abituriyentlarning bilim va salohiyati belgilangan mezonlar asosida xolisona baholanmoqda.

Imtihonlarning adolatli, shaffof va korrupsiyadan xoli tarzda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida jarayonlar institutning mas’ul xodimlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Mazkur nazorat jarayonlari suhbatlarning belgilangan tartibda tashkil etilishi, abituriyentlar uchun teng sharoitlar yaratilishi hamda baholash jarayonida xolislik va qonuniylik ta’minlanishiga qaratilgan.

Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari


🌎sayt | Telegram |Instagram* | Facebook* |You Tube |Twitter
33 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

10.1K
🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti
®️ 1955-yilda asos solingan.
📍 Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
📲 Telefon: (0-374) 223-94-60
⌨️ Murojaat uchun: @adti_murojaat_portali_bot
Открыть в Telegram