#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Endi bankdan 500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini hujjatsiz olish mumkin!
📌 Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga ko‘ra, endilikda banklardan
500 AQSH dollarigacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi.
📅 Mazkur idoraviy hujjat (
ro‘yxat raqami 2886-12, 2026-yil 8-may) joriy yil
9-avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.
💱 Bunga qadar banklardan chet el valyutasini hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor
100 AQSH dollarini tashkil qilar edi.
✅ Adliya vazirligi aholiga yengillik yaratishga qaratilgan tashabbuslarni amaliyotga joriy qilishni o‘zining eng asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaydi.
website facebook* instagram* linkedIn youtube twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram