#Adliya_xabari
Intellektual mulk sohasidagi 10 ta apellatsiya ishi ko‘rib chiqildi

Adliya vazirligi huzuridagi
Apellatsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi
Kengash raisi Muzraf Ikramov raisligida bo‘lib o‘tdi.
📌 Yig‘ilishda intellektual mulk sohasida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlari va e’tirozlar ko‘rib chiqildi. Xususan,
tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq 10 ta ish muhokama qilindi.
📊 Ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra:
🔹
6 ta ish yuzasidan Apellatsiya kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi;
🔹
2 ta ish javobgarlarning yig‘ilishda ishtirok eta olmaganligi sababli keyingi muddatga qoldirildi;
🔹
2 ta ish esa qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish zarurati bois
1 oydan 3 oygacha muddatga kechiktirildi.
⚖️
Ma'lumot uchun: Apellatsiya kengashi intellektual mulk sohasidagi nizolarni
sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organ bo‘lib, vakolatli organ qarorlarining qonuniyligi va asoslanganligini xolis hamda adolatli ko‘rib chiqishni ta'minlaydi. Ushbu mexanizm murojaat qiluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda intellektual mulk sohasida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishga xizmat qiladi.
website facebook* instagram* linkedIn youtube twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram