#Adliya_xabari
Diqqat! Adliya vazirligi ogohlantiradi
🔸 So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar o‘zlarini
"Patent agentligi",
"Patent markazi" yoki
"Patent idorasi" xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar va tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qilayotgani kuzatilmoqda.
🔹 Ular haq evaziga tovar belgisini albatta ro‘yxatdan o‘tkazib berishni va’da qilmoqda. Ayrim hollarda esa, rozi bo‘lmagan tadbirkorlarni tovar belgisini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib olish yoki undan foydalanishni cheklash bilan chalg‘itishga urinmoqda.
📌
Shuni unutmang:
🔹
"Patent agentligi",
"Patent markazi" yoki
"Patent idorasi" nomi bilan faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakolatli davlat organlari hisoblanmaydi.
🔹 Intellektual mulk obyektlariga patent va guvohnomalar berish bo‘yicha
yagona vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisoblanadi.
🔹 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish
ixtiyoriy bo‘lib, hech kim sizni bunga majbur qila olmaydi.
🔹 Hech bir shaxs yoki tashkilot tovar belgisining albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishini kafolatlay olmaydi. Patent bojlari miqdori qonunchilikda belgilangan.
🔸 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani
im.adliya.uz portali orqali mustaqil ravishda yoki patent vakili orqali topshirishingiz mumkin.
🔹 Bugungi kunda respublikada
151 nafar patent vakili faoliyat yuritmoqda. Ularning ro‘yxati
im.adliya.uz portalining
"Patent vakillari" bo‘limida e'lon qilingan.
❗️Shubhali qo‘ng‘iroqlar va asossiz va'dalarga ishonmang. Firibgarlik alomatlariga duch kelsangiz, bu haqda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.
website facebook* instagram* linkedIn youtube twitter
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram