avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
@adliyangiliklari
17.07.2026 12:45
Intellektual mulk huquqlarini buzish holatiga chek qo‘yildi!

Barchamizga ma’lum bo‘lgan “Hugo Boss” brendiga 1924-yilda Germaniyada asos solingan bo‘lib, 2024-yilda kompaniya savdolari 4.3 mlrd. yevroni tashkil etgan. Agar mazkur kompaniya asoschilari ham oson daromad ko‘rish maqsadida boshqalarning “brendini o‘g‘irlash” yo‘lini tanlaganlarida hozirgi kunda dunyoni zabt etgan xalqaro brendlardan biri bo‘lmish “Hugo Boss” mavjud bo‘lmas edi.

Biroq, ayrim “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan tezda boyib ketish maqsadida boshqalarning mehnat mahsuli natijasida uzoq yillar mobaynida yaratilgan brendlardan ruxsatsiz foydalanish holatlari ham uchrab turibdi.

Xususan, vazirlik tomonidan “Hugo Boss AG” (Germaniya) kompaniyasining “Boss” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “M.N.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Boss” tovar belgisidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar “M.N.” YTT tomonidan sotuvga taklif etib kelinganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “M.N.” YTT rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
2
👍 2
🔥 2
👏 1
15 4.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

16.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram