avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
@adliyangiliklari
20.04.2026 11:22
🔴 Sirdaryoda tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuv: yangi qonun mazmuni tushuntirildi

🔹Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish hamda yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Uchrashuv Sirdaryo tuman erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilib, unda O‘RQ–1080 Qonunining asosiy jihatlari tadbirkorlarga batafsil tushuntirildi.

🔹Xususan, mazkur hujjat bilan intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari soddalashtirilgani, ekspertiza muddatlari qisqartirilgani hamda huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilgani ta’kidlandi.

🔹Tadbir davomida tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ularning turlari va huquqiy himoyasi, shuningdek, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

🔹Shu bilan birga, tadbirkorlarning huquqiy muammolari tinglanib, ularga zarur tavsiyalar va amaliy yordam ko‘rsatildi.

📌 Mazkur uchrashuvlar tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda biznes muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram* | 🔵Facebook* | 📱YouTube | Bot
👍 5
2
🔥 1
7 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

15.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram