#adliya_xabari
Ellikqal'a tumanida "Adolat sayli" tadbiri o'tkazildi
Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev rahbarligida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazilib, unda fuqarolardan yer, kadastr, soliq, kredit, kommunal va boshqa sohalar 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, 12 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilingan bo‘lsa, 8 ta murojaat nazoratga olindi.
Mazkur tadbir aholini yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatidan xabardor qilish, huquqiy savodxonligini oshirish, sayyor qabullarni tashkil qilish orqali huquqiy muammolarini o‘rganish va ularni hal etish maqsadida tashkil qilindi.
Tadbir konsert dasturlari, sport va boshqa ko'ngilochar tadbirlar bilan davom etdi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram | 📷
Instagram* | 🔵
Facebook* | 📱
YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram