#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni
🔴 Surxondaryoda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari: manzilli ishlash amalda
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Surxondaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
🔹“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” loyihasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🔹Tadbir davomida yoshlarga yangi qabul qilingan qonunlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, harbiy texnika va anjomlar ko‘rgazmasi, badiiy chiqishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy teatr tomoshalari namoyish etildi.
🔹Ochiq muloqot ruhida o‘tayotgan uchrashuvlar davomida yoshlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔹Mazkur tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy soha va Vatanga xizmat qilishning sharafi hamda mas’uliyati haqida tasavvurlarini boyitishga xizmat qilmoqda.
📌 Ushbu uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram