avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
Переслано от Intellektual mulk yangiliklari
17.04.2026 12:15
🚨 O‘ZGANING BRENDIDAN RUXSATSIZ FOYDALANISH QIMMATGA TUSHDI

📩 Adliya vazirligiga “BONA MEAT” MChJning “BOYARSKIY” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushdi.

🕵️‍♂️ Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida ro‘yxatdan o‘tgan “BOYARSKIY” tovar belgisiga iste’molchini adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Боярская” belgili mahsulotlar (kolbasalar) ishlab chiqarish hamda sotuvga taklif etish holatlari aniqlandi.

⚖️ Natijada, amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqbuzar yuridik shaxsga nisbatan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning 37¹-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

📋 Shuningdek, aniqlangan kontrafakt mahsulotlar taqdirini hal etish hamda jamiyat rahbarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar!
Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki
info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* |
YouTube | Bot
🔥 1
5 946
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

15.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram