avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
@adliyangiliklari
17.04.2026 12:07
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🎨 Rassomlar va haykaltaroshlar uchun muhim yangilik!

✅ Adliya vazirligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan tasviriy va amaliy san’at asarlari bo`yicha mualliflik haqi hamda xomashyo xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro'yxat raqami 3820, 2026-yil 16-aprel).

🔹 Mazkur Nizom san’at asarlarini yaratishda mualliflarning mehnatini munosib baholash hamda haykaltaroshlik asarlari uchun sarflanadigan xomashyo xarajatlarini aniq tartibga solishni nazarda tutadi.

📌 Unga ko‘ra:
🔸 asarlar bahosi ularning badiiy qiymati asosida belgilanadi
🔸 hisob-kitoblar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan aniqlanadi
🔸 eng quyi va eng yuqori ko‘rsatkichlar Nizom ilovalarida belgilangan

🏛 Baholashni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi amalga oshiradi.

❗️ Muhim:
🔹 boshqa mualliflik asarlari yoki tayyor namunadan nusxa olinib yaratilgan asarlar baholash uchun qabul qilinmaydi

🎯 Badiiy qiymat quyidagilar asosida aniqlanadi:
▫️ asarning turi
▫️ yaratish jarayonining murakkabligi
▫️ mehnat sarfi
▫️ muallifning ijodiy yondashuvi va boshqa mezonlar

📊 Mazkur tartib ijodkorlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mehnatini adolatli baholash hamda san’at sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram* | 🔵Facebook* | 📱YouTube | Bot
🔥 1
7 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

15.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram