#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni
🔴 Jizzaxda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi: bo‘lajak yuristlar bilan ochiq muloqot
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Jizzax viloyat yuridik texnikumida yoshlar bilan manzilli ishlashning samarali mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.
🔹Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Akmal Ergashev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili Abdumannop Bo‘riev ishtirok etdi.
🔹Uchrashuv davomida texnikum o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning huquqshunoslik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, kasbiy yo‘nalishda rivojlanishiga doir aniq tavsiyalar berildi.
🔹Shuningdek, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish eng ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
🔹Do‘stona ruhda o‘tgan davra suhbati davomida rahbarlar o‘zlarining hayotiy va mehnat tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni qat’iyatli bo‘lish, qiyinchiliklarni yengib o‘tish orqali muvaffaqiyatga erishish zarurligiga undadi.
🔹Shu bilan birga, tadbirkorlikka qiziqqan o‘quvchilarning savollariga javob berilib, ularning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.
📌 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram