#Adliya_xabari
Mahallalarda xavfsiz muhit: Qoraqalpog’istonda tizimli ishlar oʻrganildi
✅ Qoraqalpog’iston Respublikasida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda nizoli oilalar bilan ishlash holati oʻrganildi. Mazkur jarayon Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev rahbarligidagi Respublika muvofiqlashtiruvchi shtabi tomonidan Prezidentning PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
🔸 Oʻrganish davomida Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va nizoli oilalar bilan manzilli ishlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
🔹 Xususan, adliya organlariga biriktirilgan 160 ta nizoli oila bilan individual yondashuv asosida ishlash yo‘lga qo‘yilib, muntazam suhbatlar, huquqiy tushuntirishlar va muammolarni hal etish choralari amalga oshirilmoqda.
🔸 Shuningdek, Nukus shahridagi “Bayterek” mahallasi misolida taqdimot oʻtkazilib, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari yoritildi hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram