#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni
🔴 Xorazmda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi: manzilli ishlash va huquqiy targ‘ibot uyg‘unligi
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Xorazm viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.
🔹Xususan, viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Xonqa tuman adliya bo‘limida 1-sonli politexnikum o‘quvchilari, jumladan tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan norasmiy muhitda “qahva ustida suhbat” o‘tkazildi.
🔹Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning ijtimoiy hayotga moslashuvi hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, yoshlar ishtirokida adliya bo‘limida interaktiv ekskursiya tashkil etilib, davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda FHDY bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishtirilmoqda.
🔹Tadbir davomida davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, shuningdek,
Lex.uz milliy ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanish ko‘nikmalari amaliy tarzda tushuntirilmoqda.
📌 Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram