Turkmaniston Adolat vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
🔹Bugun “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi qonunchilikni o‘rganish hamda bu yo‘nalishda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkmaniston Adolat vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹Uchrashuv davomida mehmonlarga Markaz faoliyati, uning asosiy vazifa va funksiyalari, huquqiy axborotni aholiga yetkazish mexanizmlari, zamonaviy platformalar hamda huquqiy targ‘ibot yo‘nalishidagi loyihalar haqida taqdimot qilindi.
🔹Shuningdek, delegatsiya a’zolariga Lex.uz tizimining imkoniyatlari, jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish, qulay qidiruv tizimlari, onlayn tarjima va boshqa interaktiv funksiyalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
🔹Bundan tashqari, “LexAI” platformasi doirasida ishga tushirilgan, sun’iy intellekt asosida 24/7 rejimida tezkor javob beruvchi “ai.lex.uz” chat-botining yaratilish jarayoni, sinov bosqichlari, foydalanish tartibi va foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar yuzasidan ham batafsil tushuntirish berildi.
🤝Mazkur taqdimot mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular sohaga joriy etilgan zamonaviy yangiliklar hamda texnologik yechimlarni yuqori baholadi.
🔹Taqdimot so‘nggida tomonlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, delegatsiya a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram