#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni
🔴
Sirdaryoda “Alohida toifadagi yoshlar va jinoyatchilikning oldini olish kuni” doirasida ochiq muloqot
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Sirdaryo viloyatida yoshlar bilan
manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv tashkil etildi.
🔹Xususan, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zohidov tomonidan Guliston shahri yoshlari bilan “Alohida toifadagi yoshlar va jinoyatchilikning oldini olish kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
🔹Norasmiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ta’lim, bandlik, oila va nikoh munosabatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.
🔹Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan huquqiy masalalar atroflicha o‘rganilib, ularga zarur
huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
🔹Tadbir doirasida adliya mutaxassislari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, yoshlarda
Lex.uz platformasidan samarali foydalanish ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.
🔹Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagi orqali davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish tartibi amaliy jihatdan o‘rgatilmoqda.
📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram