avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
@adliyangiliklari
16.04.2026 17:18
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

💳 QR-kodlar orqali to‘lovlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

✅ Adliya vazirligi tomonidan yagona QR-kodlar bo‘yicha idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (3817-son, 2026-yil 15-aprel).

🔹 Mazkur hujjat Prezidentning PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

❗️ Eslatib o‘tamiz, ushbu Farmon bilan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun bosqichma-bosqich yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tizimi joriy etilishi belgilangan.

📌 Unga ko‘ra, QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona tartibi hamda yagona QR-kod tizimi ishtirokchilarining vazifalari belgilandi.

💡 Yagona QR-kod nima beradi?
▫️ istalgan bank yoki to‘lov ilovasi orqali to‘lov qilish imkoniyati
▫️ barcha to‘lov tizimlarining o‘zaro integratsiyasi

📊 Qoidalarga ko‘ra:
✔️ QR-kodlar statik va dinamik turlarga ajratiladi;
✔️ to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar va hisob-kitoblar avtomatlashtiriladi;
✔️ mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va murojaatlarni kuzatish tizimi joriy etiladi.

📱 Foydalanuvchilar uchun qulayliklar:
🔹 QR-kodni skanerlash orqali tezkor to‘lov
🔹 to‘lov summasini tasdiqlash
🔹 har bir operatsiya bo‘yicha onlayn ma’lumotnoma olish
🔹 tranzaksiyalar tarixini kuzatish

📌 Mazkur tizim to‘lov jarayonlarini soddalashtirish, shaffoflikni oshirish hamda naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* |
YouTube | Bot
🔥 2
7 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

15.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram