#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni
🔴 Jazoni ijro etish muassasasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Qashqadaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida uchrashuv o‘tkazilmoqda.
🔹Xususan, Koson tumanida joylashgan 10-son jazoni ijro etish koloniyasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev ishtirok etdi.
🔹Uchrashuv davomida, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mutaxassislar tomonidan ularga huquqiy va amaliy tavsiyalar berildi.
🔹Tadbir yakunida kitobsevar yoshlar uchun badiiy adabiyotlar taqdim etilib, bu orqali ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shu kuni boshqarma boshlig‘i tomonidan muassasadagi shart-sharoitlar, mahbuslar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’lim olish tizimi bilan yaqindan tanishilib, amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ijtimoiy moslashuv jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram