#Adliya_xabari
🔴 Erta nikoh va zo‘ravonlikka qarshi tizimli yondashuv: targ‘ibot tadbirlari respublika bo‘ylab davom etmoqda
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida uning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan seminar va uchrashuvlar respublikaning barcha hududlarida izchil o‘tkazilmoqda.
🔹Mazkur tadbirlar xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik, erta nikoh hamda erta tug‘ruq holatlarining oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar doirasida tashkil etilmoqda.
🔹Tadbirlar davomida respublika ishchi guruhi, hududiy adliya organlari, Oila va xotin-qizlar tizimi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, amaliy mexanizmlar va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.
🔹Shuningdek, joylarda manzilli ishlash tizimini joriy etish, profilaktik ishlarni samarali tashkil etish, ayollar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
📌 Mazkur targ‘ibot tadbirlari respublika bo‘ylab davom etib, joylarda huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram