avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
@adliyangiliklari
16.04.2026 16:14
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

💻 Endilikda kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin

✅ Adliya vazirligi tomonidan barqaror tokenlar (stablecoin) aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini joriy etuvchi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (3818, 2026-yil 15-aprel).

🔹 Barqaror token (stablecoin) — qiymati milliy yoki xorijiy valyutaga teng bo‘lgan kripto-aktiv turi hisoblanadi.

📌 Maxsus huquqiy rejim doirasida:
▫️ rezident yuridik shaxslar barqaror tokenlarni chiqarishi mumkin
▫️ tokenlar milliy va/yoki xorijiy valyuta bilan ta’minlanadi

🚀 Quyidagi yo‘nalishlarda tajriba-sinov loyihalari amalga oshiriladi:
🔸 barqaror tokenlarni chiqarish
🔸 ularni O‘zbekiston hududida to‘lov vositasi sifatida qo‘llash
🔸 xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish
🔸 blokcheyn asosidagi to‘lov tizimlarini yaratish

💰 Muhim talab:
🔹 barqaror tokenlar faqat Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi
❗️ kredit, garov yoki boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi

🆓 Ariza topshirish va maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish bepul amalga oshiriladi.

📊 Mazkur tizim moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, to‘lov tizimlarini modernizatsiya qilish va raqamli iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* |
YouTube | Bot
1
🔥 1
12 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

15.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram