#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📊 Texnikum va akademik litseylar uchun milliy reyting joriy etiladi
✅ Adliya vazirligi tomonidan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish hamda ularni ragʻbatlantirish tartibini belgilovchi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (3816-son, 2026-yil 15-aprel).
🔹 Endilikda texnikumlar va akademik litseylarning milliy reytingi alohida shakllantirilib, ular Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan yuritiladi.
📌 Milliy reyting quyidagi manbalar asosida shakllantiriladi:
▫️ vazirlik va idoralarning axborot tizimlari
▫️ taʼlim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar
▫️ umummilliy so‘rovnoma natijalari
🗓 Har yili:
🔸 30-mayga qadar – o‘quvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkaziladi
🔸 10-oktabrga qadar – yakuniy reyting natijalari eʼlon qilinadi
🏆 TOP-50 texnikumlar ragʻbatlantiriladi
💰 Eng yuqori oʻrinlarni egallagan 50 ta texnikumga BHMning 3 000 baravari (taxminan 1,2 mlrd so‘mgacha) miqdorida mablagʻ ajratilishi mumkin.
📈 Ajratilgan mablagʻlar:
🔹 80% – moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga
🔹 20% – rahbar va xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi
📌 Mazkur tizim ta’lim sifatini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram