avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
@adliyangiliklari
16.04.2026 10:48
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni #LIVE

🔴 Navoiyda “Yoshlar kuni” doirasida rahbarlar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda

🔹Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan yangi mexanizmga muvofiq, har hafta payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasida ayni paytda Navoiy viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori hamda ichki ishlar organlari rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va joyida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

🔹Muloqot davomida, ayniqsa, alohida toifadagi yoshlar bilan ishlash hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanmoqda.

🔹Samimiy ruhda tashkil etilgan “qahva ustida suhbat” jarayonida yoshlarning orzu-intilishlari, dolzarb muammolari va amaliy loyihalari muhokama qilinmoqda.

🔹Tadbir davomida yoshlarga adib Tohir Malikning “Alvido bolalik” asari asosida sahna ko‘rinishi namoyish etilmoqda.

📌 Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning muammolarini hal etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* |
YouTube | Bot
👍 3
🔥 1
7 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

15.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram