#Adliya_xabari
#Yoshlar
Adliya boshqarmasida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Davlat rahbari tomonidan mamlakatimizda har haftaning
payshanba kunini vazirlik, idora va hokimliklarda
“Yoshlar kuni”ni o'tkazish va yoshlar bilan
manzilli ishlashning yangi mehanizmlari sifatida o'tkazilishi belgilab berildi. Shu munosabat bilan tizimdagi hamda "
Alohida toifadagi yoshlar va jinoyatchilikni oldini olish" borasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i
O.Bozarov tomonidan adliya boshqarmasi va uning hududiy organlariga faoliyat yurituvchi o'ttiz yoshgacha bo'lgan xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida, yosh xodimlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, xizmat faoliyatida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ta’kidlanganidek, adliya organlarida yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yetuk kadrlar sifatida shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yosh xodimlarni yanada faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishga undadi. Adliya tizimidagi har bir yosh xodim – qonun ustuvorligi, adolat va inson qadri yo‘lida xizmat qiladigan ertangi kun bunyodkoridir.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram