avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
@adliyangiliklari
15.04.2026 21:16
Qoraqalpog’istonda “xavfsiz mahalla” tizimi o‘rganildi

Qoraqalpog’iston Respublikasida “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etish”ga qaratilgan PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev Nukus shahridagi “Bayterek” mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida:
mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar;
ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish choralari;
oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va oldini olish mexanizmlari tahlil qilindi.

Shuningdek, bugungi kundagi eng ko’p sodir etilayotgan jinoyatlardan biri hisoblangan firibgarlik va kiberjinoyatlarning oldini olish doirasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida mahallalarda barqaror va xavfsiz muhitni ta’minlash, mavjud tizim samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* |
YouTube | Bot
🔥 5
2
👍 2
15 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

15.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram