avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
@adliyangiliklari
15.04.2026 18:03
#adliya_xabari

Ellikqal'a tumanida "Adolat sayli" tadbiri o'tkazildi

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari M.Allakuliyev rahbarligida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolar bilan muloqot jarayonida ularning yer, kadastr, soliq, kredit, kommunal va boshqa sohalardagi muammolari tinglandi va 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, 12 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilingan bo‘lsa, 8 ta murojaat nazoratga olindi.

Mazkur tadbir aholini yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatidan xabardor qilish, huquqiy savodxonligini oshirish, sayyor qabullarni tashkil qilish orqali huquqiy muammolarini o‘rganish va ularni hal etish maqsadida tashkil qilindi.

Sayl davomida aholiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish, huquqiy maslahatlar olish, advokat, huquqshunos, notarius, mediator xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Tadbir konsert dasturlari, sport va boshqa ko'ngilochar tadbirlar bilan davom etdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* |
YouTube | Bot
12 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

15.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram