#Adliya_xabari
Poytaxdagi davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlarida reja asosida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
O‘rganishlarda, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, binolar ahvoli, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, xizmatlar ko‘rsatishda korrupsiyaviy omillarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlar tahlil qilinmoqda.
Shuningdek, har bir xodim bilan shaxsan profiklaktik suhbat o‘tkazilib, tizimdagi mavjud kamchiliklar yuzasidan takliflari tinglanmoqda, ularning ish faoliyatidan qoniqish holati, xizmat ko‘rsatishda xodimlar tomonidan yo‘l qo'yilishi mumkin bo‘lgan risklar tahlil qilinmoqda.
Shu bilan birga korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan xizmat turlarini amalga oshiruvchi xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha reja tuzilib, masofaviy hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish ishlari tashkil etilmoqda.
O’rganishlar tizimli tarzda davom ettirilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram