#Adliya_aralashgach
O'tgan asrdagi ayrim hujjatlarda fuqaro ismi xato yozilgani bu asrga ham tatimoqda...
Mana bir misol...
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanining X.Xakimzoda nomli sovxoz mehnat kollektivi Sovetining 1989-yil 25-iyul kungi 4-sonli 800 ta oilaga uy-joy uchun yer uchastkasi berish haqidagi qarori qabul qilingan.
Jumladan, ushbu qaror asosida Tojixon Mamajonovaga ham "Suyunchol" qishlog'idan 12 sotix yer uchastkasi beriladi. Ammo hujjatlarda uning ismi va familiyasi “Mamajonova T” sifatida qayd qilinganligi sababli, uy-joyga kadastr hujjatlari shakllantirish davomida Davlat kadastrlar palatasi Uchko'prik tuman boʻlimi tomonidan rad etilgan.
Tojixon ona Mamajonova ushbu muammosi bilan Uchko'prik tuman adliya bo'limiga murojaat qilgandan so'ng qisqa muddatlarda “Mamajonova T” yozuvi sud tartibida Mamajonova Tojixon Norqo'ziyevnaga tegishli ekanligi fakti belgilandi. Fuqaroning o'z uy joyiga bo'lgan mulk huquq tiklandi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram