avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
@adliyangiliklari
13.04.2026 14:47
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📌 Buxgalterlar uchun muhim yangilik!

Adliya vazirligi “Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asoslari: hisob siyosati va hisob baholari” (2-sonli MHMS) bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3810, 2026-yil 11-aprel).

📝 Mazkur hujjat yuridik shaxslar (bundan jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar va budjet tashkilotlari mustasno) tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asoslari hamda quyidagi asosiy masalalarni tartibga soladi:
1️⃣ hisob siyosatini tanlash va qo‘llash;
2️⃣ hisob siyosati va hisob baholaridagi o‘zgarishlar;
3️⃣ oldingi davr xatolarini tuzatish.

📖 Hisob siyosati – tashkilot tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda qoʻllaniladigan aniq tamoyillar, asoslar, umumqabul qilingan shartlar, qoidalar va amaliy yondashuvlar majmuasi.

📌 Hisob siyosati quyidagicha qo‘llanilishi mumkin:
1️⃣ retrospektiv qoʻllash – yangi hisob siyosatini operatsiyalar, boshqa hodisalar va vaziyatlarga nisbatan ushbu hisob siyosati har doim qoʻllangandek tatbiq etish;
2️⃣ perspektiv qoʻllash – hisob siyosati oʻzgartirilgan sanadan keyin sodir boʻlgan operatsiyalarga nisbatan yangi hisob siyosatini qoʻllash hamda hisob baholaridagi oʻzgarishning taʼsirini ushbu oʻzgarish taʼsir koʻrsatadigan joriy va kelgusi davrlarda tan olish.

⚖️ Hisob siyosatini quyidagi holatlarda oʻzgartirish mumkin.
– tegishli MHMSlarda talab etilsa;
– ushbu o‘zgartirish tashkilotning moliyaviy holati toʻgʻrisida yanada ishonchli maʼlumotlar aks ettirilishiga olib kelsa.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram* | Facebook* |
YouTube | Bot
2
🔥 1
8 2.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

15.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram