avatar
ADLIYA YANGILIKLARI
@adliyangiliklari
22.12.2025 11:01
E’LON!

“Qonunchilikdan amaliyotgacha: xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi

Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda “Qonunchilikdan amaliyotgacha: xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

🔹Anjumanda inson huquqlari, shu jumladan xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda erkinliklari himoyasini yanada kuchaytirish borasida tegishli davlat organlari tomonidan qilingan ishlar, amalga oshirilayotgan qadamlar, mavjud muammolar va ularning rejali, ketma-ket chora-tadbirlar asosidagi yechimlari muhokama qilinadi hamda jurnalistlar va blogerlar uchun savol-javob imkoniyati yaratiladi.

📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📅 Sana va vaqt: 2025-yil 24-dekabr, soat 15:00
Joy: Milliy matbuot markazi (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uy)

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
5
17 47.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

ADLIYA YANGILIKLARI

15.3K
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook*.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram*.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram